Matematika testlarini Rasch modeli asosida baholash platformasi

Milliy sertifikat formatidagi testlarni Telegram bot orqali o‘tkazing. Natijalar IRT-1PL (Rasch) modeli bo‘yicha hisoblanadi, sertifikatlar esa QR-kod orqali tekshiriladi.

1
Yaratilgan testlar
1
Topshirilgan javoblar
0
Berilgan sertifikatlar
90.14
Maksimal ball

Platforma imkoniyatlari

Uch xil test turi

Oddiy test (to‘g‘ri javoblar soni), bepul RASH testi va pullik RASH testi — bir martalik ID kodlar bilan.

Rasch (IRT-1PL) baholash

Savol qiyinligi b ma’lumotlardan kalibrlanadi, qobiliyat θ esa MLE orqali topiladi va 90.14 ballik shkalaga o‘tkaziladi.

Matematik klaviatura

Ochiq javobli savollar uchun Mini App: kasr, ildiz, daraja, π, e, sin, cos, tg, ctg, ln, log, |x|. Javoblar SymPy orqali ekvivalentlikka tekshiriladi.

Bir martalik ID kodlar

Kod holatlari: Ishlatilmagan → Faollashtirilgan → Ishlatilgan. Kod faqat yakuniy javob saqlangandan keyin yopiladi.

Avtomatik sertifikat

Natijalar e’lon qilingandan so‘ng PDF sertifikat yaratiladi: noyob raqam, daraja, reyting va tekshiruv QR-kodi bilan.

Statistika va eksport

Reyting, darajalar taqsimoti, savollar statistikasi (p-qiymat, nuqtaviy-biserial) hamda Excel/PDF eksport.

Baholash shkalasi

70.0 va yuqori
A+
65.0 – 69.9
A
60.0 – 64.9
B+
55.0 – 59.9
B
50.0 – 54.9
C+
46.0 – 49.9
C
0 – 45.9
Daraja olinmadi